Zeekr o‘zining ilk oilaviy yo‘ltanlamasi — Zeekr 7X ni taqdim etadi
- Zeekr 7X o‘lchamlari (UxKxB) 2925 mm g‘ildirak bazasi bilan 4825 mm, 1930 mm va 1656 mm ni tashkil qiladi
- 3,8 soniyada soatiga 0 dan 100 km gacha tezlashish
- Kengaytirilgan datchiklar to‘plami, jumladan lidar, yuqori aniqlik kameralari va millimetrli radarlar ADAS (haydovchiga intellektual yordam tizimi) dan xavfsiz foydalanishni ta’minlaydi
- 800V yaxshilangan elektr tizimi tezkor quvvat uzatilishi va yuqori quvvatlanish tezligini ta’minlaydi
- Xitoyda yetkazib berishni boshlab sentabr oxiriga belgilangan
2024-yil 30-avgust, Chendu — Birinchi o‘rtacha hajmli Zeekr elektr yo‘ltanlamasi global bozorlarga yo‘nalgan holda, Chendu avtosalonida taqdim etiladi. Xitoyda Zeekr 7X avtomobilini yetkazib berish sentabr oxirida, jahon bozorlariga yetkazish esa – keyingi yil davomida boshlanadi.

Oila uchun mo‘ljallangan Zeekr 7X avtomobilida ichki makonga katta e’tibor qaratiladi. Avtomobil o‘lchamlari (UxKxB) 4825 mm, 1930 mm va 1656 mm, g‘ildirak bazasi – 2925 mm. Sustainable Experience Architecture (SEA) arxitekturasi tufayli mazkur besh o‘rinli yo‘ltanlamas mavjud o‘rtacha hajmli yo‘ltanlamaslarga nisbatan bosh va oyoqlar uchun mos joyli mutlaqo shinam va qulay interyerga ega. Ergonomik dizaynli 32 ta saqlash bo‘lmasi ko‘zoynaklardan tortib pardoz anjomlarigacha turli buyumlarni qulay saqlash imkonini beradi. 616 litrli bagaj sig‘imiga ega Zeekr 7X dam olish kunlarida butun oila bilan kemping safari uchun juda mos keladi.
Zeekr ilg‘or dinamikasini qadrlovchi haydovchilar uchun Zeekr 7X karbil kremniyga asoslangan elektr dvigatellar atigi 3,8 soniyada soatiga 0 dan 100 km gacha tezlashish imkonini beradi.
800V dan iborat takomillashtirilgan elektr tizimi asosida Zeekr 7X harakatlanishda turli ehtiyojlar uchun ikki xil batareyani taklif qiladi: litiy-temir-fosfat (LFP) tarkibli 75 kVts batareya 605 km (CLTC) gacha harakatni ta’minlaydi. Ko‘proq uzoqlikka ega talqin nikel-marganets-kobalt (NMC) tarkibli 100 kVts batareya bilan ta’minlangan bo‘lib, tezlikni 780 km (CLTC) gacha oshirish imkonini beradi. Qayd etish joizki, Zeekr muxandislari tomonidan ishlab chiqilgan LFP batareyalari dunyodagi eng tezkor quvvat moslamasiga ega bo‘lib, avtomobilni atigi 10,5 daqiqada 10 foizdan 80 foizgacha quvvatlaydi.
Ikki xil Nvidia Orin-X chipi, lidar, yuqori aniqlikdagi kameralar va millimetrli radarlardan iborat datchiklar to‘plamiga ega Zeekr 7X ko‘plab qo‘shimchalar mavjud haydovchiga intellektual yordam berishning ilg‘or funksiyalari bilan jihozlangan. Zeekr 7X axborot-ko‘ngilochar tizimi Qualcomm 8295 chimsetida ishlaydi.
= Ze End =
Zeekr haqida
Zeekr — Geely Holding Group tomonidan ishlangan elektr mobillikning global premium-brendi. Zeekr foydalanuvchilar uchun innovatsiyalar standart hisoblangan to‘liq integratsiyalangan ekotizimni yaratishga intiladi. Brend Sustainable Experience Architecture (SEA) arxitekturasidan foydalanadi hamda o‘z batareyalar texnologiyasi, batareyalarni boshqarish tizimlari, elektr dvigatellar tizimlari va elektr avtomobillarni yetkazib berish zanjirini ishlab chiqadi. Zeekr qadriyatlari – tenglik, xilma-xillik va barqaror rivojlanish. Uning maqsadi – mobillik sohasidagi yechimlarning yetakchi yetkazib beruvchisiga aylanish.
Zeekr Ninbo, Xanchjou, Gyoteborg va Shanxayda Tadqiqot va Ishlanmalar markazlari, dizayn-studiyalariga ega bo‘lib, zamonaviy uskunalar va jahon tajribasiga ega. Avtomobillarni 2021-yil oktabr oyida yetkazib berish boshlangan vaqtdan buyon brend 300 000 dan ortiq avtomobillarni, jumladan i raspolagayet sovremennыm Zeekr 001, Zeekr 001 FR, Zeekr 009 MPV, Zeekr 007 va Zeekr X urban SUV modellarini yetkazib bergan. Zeekr avtomobillarni global bozorlarda sotish rejalari haqida e’lon qilib, elektromobillar bo‘yicha tezlikda o‘sib borayotgan jahon talabini qondirish uchun kelgusi 5 yillik uchun ulkan rejaga ega.
COOKIE
Biz cookie (kuki) fayllarni va boshqa o‘xshash kuzatish texnologiyalarini ushbu veb-saytning va ZEEKR platformalarining funksionalligini, unumdorligini, trafik o‘lchamlarini yaxshilash, foydalanuvchilar xulqini tahlil qilish va kontentimiz hamda xizmatlarimizni mos ravishda to‘g‘irlash maqsadida to‘playmiz va foydalanamiz. “Hammasini qabul qilish” tugmasini bosish natijasida siz shaxsiy ma’lumotlaringizning biz tomondan qayta ishlanishiga bergan roziligingizni anglatadi. “Hammasini rad etish”ni bosgan taqdiringizda biz faqat Zeekr platformasining funksionalligi qat’iy ravishda uchun zarur bo‘lgan cookie fayllardan va texnologiyalardan foydalanamiz.