Elektromobillik kelajagi mavzusida rassomlar uchun tanlov e'lon qilindi

Rasmiy avtomobil distribyutori Zeekr tomonidan Gallery 81 koʻmagida oʻtkazilayotgan tanlov ishtirokchilari “Oʻzbekiston va elektromobillik davri” mavzusida fikr yuritishga taklif etiladi.

Oltita eng yaxshi ish, hakamlar hay’ati bahosiga ko‘ra, Tashkent Cityda uzunligi 50 metrdan ortiq bo‘lgan bannerni bezatadi. G‘olib Toshkent shahridagi Gallery 81 rezident rassomlari ko‘rgazmasida ishtirok etish, hakamlar hay’ati tomonidan tanlab olingan asarlarini Zeekr City dilerlik markazida namoyish etish va tanlov hamkorlaridan axborot ko‘magi olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Unda o‘zbekistonlik strit-art, graffiti, rassomchilik va grafika texnikalarida ijod qilayotgan rassomlar taklif etilgan. Arizalarni qabul qilish 24-iyundan 07- iyulga qadar davom etadi.

Tanlovga ish topshirish shartlari:

Tugallangan ishlaringizga havolalarni (ikkitadan ko‘p bo‘lmagan ish) ish g‘oyasining tavsifi bilan to‘ldirishingiz mumkin bo‘lgan anketaga shu yerda 07 iyulgacha joylashtiring.

Loyihaning axborot hamkori Afisha.uz portali bo‘ldi.

Musobaqa taqvimi:

  • 24 iyun – 07 iyul – tanlov ishlari to‘plami

  • 07 iyul – ovoz berish va asosiy g‘olibni aniqlash