Zeekr — CES 2025: Ilg‘or texnologiyalar, hamkorlikda rivojlanish strategiyasi va global energetika yechimi taqdimoti
- Zeekr 2025-yildan boshlab avtonom boshqaruv yo‘l xaritasini qo‘llab-quvvatlash uchun NVIDIA DRIVE AGX Thor negizida yaratilgan harakat boshqaruvi bo‘yicha yangi aqlli nazorat moslamasini (kontroller) taqdim etadi.
- Dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarga axborot-ko‘ngilochar tizimlar sohasida innovatsion tajribani taqdim etish uchun Qualcomm bilan hamkorlikni kengaytirish.
- Butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarga 800 V kuchlanishga ega yechimlarni taqdim etishga qaratilgan Zeekr global energetika strategiyasi.
2025-yil 6-yanvar, Las-Vegas - CES 2025 ko‘rgazmasida Zeekr eng ilg‘or texnologiyalarni, mijozlar va sheriklar bilan doimiy hamkorlik qilish orqali mahsulotlarni muntazam ravishda yaxshilashga bo‘lgan yondashuvini, shuningdek, global bozorlarga chiqish rejalarini namoyish etdi.
Zeekr kompaniyasi apparat va dasturiy yechimlarning uyg‘unligi xavfsiz va qulay avtonom boshqaruvni ta’minlashda asosiy rol o‘ynashiga ishonadi. Las-Vegas anjumanlar markazining G‘arbiy zalidagi 5460-son stendda kompaniya o‘z dizayni asosida yaratilgan harakat boshqaruvi bo‘yicha yangi aqlli nazorat moslamasini taqdim etdi. Bu avtomobil ishlab chiqaruvchilari (OEM) uchun NVIDIA DRIVE AGX Thor tizimini sertifikatlangan DriveOS xavfsizlik tizimi bilan birlashtiruvchi sanoatdagi ilk kontroller. Ushbu moslamaning ommaviy ishlab chiqarilishi 2025-yilda boshlanadi va u avtomobilning yangi modeliga o‘rnatiladi. Moslama ko‘plab avtonom boshqaruv va to‘xtash ssenariylarining qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, Zeekr axborot-ko‘ngilochar tizimlar sohasida immersiv tajriba yaratish maqsadida Qualcomm Technologies Inc. bilan hamkorlik kengaytirilishini ma’lum qiladi. Yangilangan va yanada kuchli Qualcomm system-on-chip (SoC) platformasi foydalanuvchilarga avtomobilning intellektual va yuqori samarali ishlashini ta’minlaydi.
Allaqachon yo‘llarda sinovdan o‘tayotgan ayrim Zeekr RT modellari avtonom mobillik uchun dunyoda birinchi ommaviy ishlab chiqariladigan ixtisoslashtirilgan transport vositalariga aylanadi. Bu yil Zeekr kelajakda robotaksini ishga tushirishdan oldin sinovlarni davom ettirish uchun Waymo kompaniyasiga RT qatorlari yetkazilishini boshlaydi.
Ayni paytda Zeekr avtomobillari 800 V kuchlanishli ultra tezkor quvvatlanish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, kompaniyaning o‘zi Xitoydagi bunday quvvatlash stansiyalari tarmog‘ining eng yirik operatori hisoblanadi – hozirda ularning 800 dan oshadi. Energiya ta’minoti ekotizimini yaratish uchun Zeekr o‘zining quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha global strategiyasini taqdim etadi, unga ko‘ra asosiy xalqaro mintaqalarda, jumladan Tayland va Avstraliyada minglab firma quvvatlash qurilmalarining o‘rnatilishi nazarda tutilgan.
CES ko‘rgazmasida quyidagilar taqdim etildi: Zeekr 001 FR — dabdaba, qulaylik va yuqori unumdorlikni o‘zida mujassam etgan sportga xos shooting brake. Zeekr 009 Grand — sayohat uchun hashamatli, tinch va xavfsiz makonni taklif qilivchi Zeekr 009 elektr minivenining to‘rt o‘rinli talqini. Zeekr MIX — maksimal darajadagi ichki shinamlik uchun o‘ziga xos dizayn va innovatsion dizaynga ega oilaviy besh o‘rinli yo‘ltanlamas.
COOKIE
Biz cookie (kuki) fayllarni va boshqa o‘xshash kuzatish texnologiyalarini ushbu veb-saytning va ZEEKR platformalarining funksionalligini, unumdorligini, trafik o‘lchamlarini yaxshilash, foydalanuvchilar xulqini tahlil qilish va kontentimiz hamda xizmatlarimizni mos ravishda to‘g‘irlash maqsadida to‘playmiz va foydalanamiz. “Hammasini qabul qilish” tugmasini bosish natijasida siz shaxsiy ma’lumotlaringizning biz tomondan qayta ishlanishiga bergan roziligingizni anglatadi. “Hammasini rad etish”ni bosgan taqdiringizda biz faqat Zeekr platformasining funksionalligi qat’iy ravishda uchun zarur bo‘lgan cookie fayllardan va texnologiyalardan foydalanamiz.