ZEEKR “Tashkent International Auto Show 2025”da elektromobillarning beshta modelini taqdim etdi

24.10.2025, Toshkent, O‘zbekiston — ZEEKRning TIAS 2025dagi ishtiroki kompaniyaning Markaziy Osiyo bozorlariga sadoqatini ta’kidlaydi va uning xalqaro faoliyatini mustahkamlaydi.

22-24-oktyabrda “CAEx Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmalar markazida avtomobil bozoriga bag‘ishlangan Markaziy Osiyodagi eng yirik tarmoq tadbiri – Tashkent International Auto Show 2025 (TIAS 2025) o‘tkazildi. Yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchilari va dilerlarining yetakchi ko‘rgazmasi Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetkazib beruvchilar, investorlar va distribyutorlarini birlashtiradi.

Ko‘rgazmaning asosiy qatnashchilaridan biri ZEEKR – “Geely Holding Group” boshqaruvi ostidagi intellektual elektromobillarning premial brendi bo‘ldi. Brend O‘zbekiston bozorida 2024-yil martida rasman taqdim etilgan va o‘tgan davr mobaynida avtohavaskorlar e’tirofini qozonishga ulgurdi. TIAS 2025da ZEEKR baravariga beshta modelni taqdim etdi:

ZEEKR mijozlarga yanada aqlli, qulay va ekologik toza yechimlarni taklif etishga intilib, modellar qatorini kengaytirish, texnologiyalarni takomillashtirish va foydalanuvchi tajribasining sifatini oshirish ustida muntazam ishlamoqda.

Misol uchun, kompaniya xavfsiz va qulay avtonom safarlarni ta’minlashda ham apparat, ham dasturiy muhandislik alohida ahamiyat kasb etadi, deb hisoblaydi. Shu sababli, ZEEKRning eng yangi ishlanmalaridan biri – bu NVIDIA DRIVE AGX Thor bazasida yaratilgan boshqarishning intellektual kontrolleridir, u intellektual boshqarishning turli ssenariylarini ko‘rib chiqib, mashinani avtomatik joylashtirish funksiyasini ta’minlay oladi.

Bundan tashqari, ZEEKR, navigatsiyadan tortib to musiqa va ovozli boshqaruvgacha – avtomobildagi multimedia tizimlaridan foydalanishni yanada qulay va butun dunyodagi mijozlar uchun yana ham jozibali qilish uchun, Qualcomm Technologies Inc. kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirishi haqida e’lon qildi. Yangi, yanada qudratli Qualcomm chiplariga ega ZEEKR avtomobillari yuqori energiya samaradorligini saqlagan holda, haydovchi va yo‘lovchilarni raqamli tizimlardan foydalanishning yanada ilg‘or darajasi bilan ta’minlaydi.

O‘zbekiston bozorida ZEEKR kabi texnologik ilg‘or va istiqbolli brend faoliyatining mustahkamlanishi – butun mamlakat avtomobil tarmog‘ining rivojlanishidagi muhim qadamdir. Kompaniyaning TIAS 2025dagi ishtiroki jahon ishlab chiqaruvchilarining mintaqaga qiziqishini namoyish etibgina qolmay, mamlakat ekologik toza transport sohasidagi global tendensiyalarning bir qismiga aylanayotganini ham isbotlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, iste’molchilar, hamkorlar va butun zamonaviy transport ekotizimi uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.