Zeekr yillik sotuv rejasini muddatidan oldin bajardi: 10 oyda 320 mingdan ortiq avtomobil

Premium elektromobil brendi Zeekr 2026-yil oktabr oyi yakunlarini e’lon qildi. Yilning dastlabki 10 oyida brend mijozlarga 320 887 ta avtomobil yetkazib berdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 94,4 foizga ko‘p va 300 000 ta avtomobillik yillik maqsaddan allaqachon oshib ketdi. Reja yil tugashiga ikki oy qolganda bajarildi.

Oktabr: 50 foizdan ortiq o‘sish

Oktabr oyida Zeekr xaridorlarga 32 483 ta avtomobil topshirdi. Bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 51,6 foizga ko‘p. Brendning yetkazib berish hajmi ketma-ket yettinchi oy davomida oyiga 30 000 tadan oshmoqda. Bir yil ichida brend natijalari deyarli ikki baravar o‘sdi.

Zeekr 7X — brendning eng ko‘p sotiladigan modeli

Zeekr 7X elektr krossoveri brendning asosiy modellaridan biri bo‘lib qolmoqda. Modelning umumiy ishlab chiqarilish hajmi allaqachon 200 000 donadan oshdi.

Zeekr O‘zbekistonda: sotuvlar o‘smoqda

Zeekr 2024-yildan buyon O‘zbekistonda rasman taqdim etilgan va o‘zbekistonlik xaridorlarning brendga bo‘lgan qiziqishi barqaror o‘sib bormoqda. Sotuvlar bilan birga avtomobil egalari uchun infratuzilma ham rivojlanmoqda. Bugungi kunda mamlakatda ikkita rasmiy diler markazi hamda Zeekr avtomobillariga ishlab chiqaruvchi standartlari asosida xizmat ko‘rsatadigan servis markazi faoliyat yuritmoqda.

Zeekr’ni qanday sotib olish mumkin

Premium elektromobil xaridi qulay bo‘lishi uchun rasmiy dilerlar bir nechta to‘lov usulini taklif qiladi:

  • naqd pulga;
  • hamkor banklar orqali kreditga;
  • muddatli to‘lovga (rassrochkaga).

Batafsil shartlarni bilish, komplektatsiyani tanlash va test-drayvga yozilish uchun Zeekr rasmiy diler markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.