Zeekr O‘zbekistondagi birinchi dilerlik markazini ochdi

2024-yil 29-iyun, shanba kuni premium toifadagi Zeekr intellektual elektromobillar brendi uchun tarixiy voqea – “Zeekr City” flagman dilerlik markazining ochilishi o‘tkazildi. Ochilish marosimi Zeekr mijozlari, biznes vakillari va media-shaxslar ishtirokidagi yopiq tadbir shaklida tashkil etildi. Tadbir xedlayneri qo‘shiqchi Rayhon bo‘ldi.

“Zeekr City” dilerlik markazi poytaxtning markazida, eng yirik “Tashkent City Mall” SKMning bevosita yonida joylashgan. Dilerlik markazi 6 mashinaga mo‘ljallangan shourum, ofis hududi, taqdim etish hududi va sotuvlar bo‘limi vakillari uchun xonalarni o‘z ichiga oladi. Kompaniya xaridorlarni yuksak texnologik elektromobillar, butlovchi qismlar va jahon standartlariga muvofiq sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish kompleksi bilan ta'minlashni rejalashtirgan.

“Biz O‘zbekistonda elektromobillar bozorining rivojlanishida katta imkoniyatlarni ko‘ramiz va uni o‘zlashtirish bo‘yicha olamshumul rejalar tuzmoqdamiz. Xaridorlarga premium-toifadagi intellektual elektromobillarning ikkita eng mashhur modelini taklif etar ekanmiz, ular o‘zlarining mislsiz texnik sifati va nafis dizayni tufayli katta talabga ega bo‘lishiga aminmiz. Tez orada avtobozorda yanada ekologik tozaroq va energiya tejamkorroq modellar paydo bo‘ladi, Zeekr brendining mavjudligi esa, bozorda raqobatbardoshlikni oshiradi va avtomobil sohiblariga o‘z xohishlariga ko‘ra avtomobil tanlash imkonini beradi”,- dedi Zeekr International” amaliyot direktori Frenk Li

“Zeekr City” markazida rasmiy distribyutordan premium-toifadagi Zeekr intellektual elektromobilini xarid qilar ekan, mijozlar bir qator afzalliklarga ega bo‘ladilar:

  • avtomobilga 4 yil (48 oy) yoki 100 000 km.li kafolat;
  • elektr dvigatel va batareyaga 8 yil (96 oy) yoki 200 000 km.li kafolat;
  • Apple CarPlay va Android Auto;
  • rus tilidagi zavod interfeysi;
  • rasmiy servis va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish.

Hozir sotuvda ikkita mashhur elektromobil modellari mavjud: Zeekr 001 va Zeekr X. Ikkala model Yevropa yig‘uvidagi ikkita komplektatsiyada taqdim etilgan: Flagship va Premium. Avtomobilni kreditga xarid qilish imkoniyati mavjud.

Zeekr

Zeekr —  “Geely Holding Group”ga tegishli lyuks toifadagi elektromobillarning global brendi. Zeekr maqsadi – foydalanuvchilar uchun innovatsiyalarga ega, butkul integratsiyalangan ekotizimni standart sifatida yaratish. Brend “Sustainable Experience Architecture (SEA)” arxitekturasidan foydalanadi va o‘zi ishlab chiqqan batareyalar texnologiyasini, batareyalarni boshqarish tizimini, elektr dvigatellar texnologiyasi va elektromobillarni yetkazib berish zanjirini o‘z ichiga oladi.

Geely Holding Group

Zeekr brendi bosh qarorgohi Xitoyning Hanchjou shahrida bo‘lgan “Geely Holding Group” tarkibiga kiradi va jahonning yetakchi avtomobil guruhi sanaladi. Kompaniya asosiy e'tiborni transport yaratish uchun innovatsiyalar va ekologik barqaror yechimlarga qaratadi. Hozirgi vaqtda “Geely Holding” quyidagi brendlarga egalik qiladi, investitsiya kiritadi va boshqaradi: Geely Auto, Lynk & Co, Zeekr, Geometry, Volvo Cars, Polestar, Lotus, London Electric Vehicle Company, Farizon Auto, RADAR AUTO va Cao Cao Mobility.

Ish tartibi: 10:00 dan 20:00 gacha, dam olish kunlari va tanaffuslarsiz
Call-senter telefoni: (+998) 78-120-0021
Manzil: Toshkent, Zargar ko‘ch., 33 (“Summit” BM qarshisida)