ZEEKR avtomobili Euro NCAP xavfsizlik reytingining yetakchisiga aylandi

Zeekr 001 va Zeekr X modellari xavfsizligi va ekologik tozaligi baholanganda maksimal ball oldi.

Euro NCAP Yevropa bozoriga kirgan yangi avtomobillar ustida o‘tkazilgan sinovlarning uzoq kutilgan natijasini e'lon qildi. Ular sirasida Zeekr`ning ikkita yangi modeli – 001 va X ham bor.

Euro NCAP sinovdan o‘tkazgan birinchi avtomobil modeli – maftunkor innovatsion interyeri bilan ajralib turuvchi zamonaviy Zeekr X shahar krossoveridir. Avtomobil faol va nofaol xavfsizlikda yuqori darajani ko‘rsatib, krash-testlar yakuniga ko‘ra maksimal miqdorda ball to‘pladi. Kattalar xavfsizligi 91% ni, bolalarniki  – 90% ni, piyodalarniki – 84% ni tashkil qildi, xavfsizlikni ta'minlovchi elektron qurilmalar 83% ga baholandi.

Euro NCAP baholovidan o‘tgan va eng xavfsiz avtomobillar reytingida ikkinchi bo‘lgan yana bir model – Zeekr 001 sport shuting-breyki bo‘ldi. U o‘zining raqobatbardosh narxi, sifati, dizayni va texnologiyalari tufayli, yevropalik premium-toifa avtomobillari ishlab chiqaruvchilari bilan bemalol raqobat qila oladi. Afsonaviy 001 ham xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori ishonchliligini saqlagan holda Euro NCAP umumiy reytingida yuksak umumiy reyting – 5 yulduzga ega bo‘ldi. Alohida toifalarda Zeekr 001ni sherigi bilan deyarli bir xil baholashdi: haydovchi va yoshi katta yo‘lovchilar xavfsizligi 89% ni, yo‘lovchi bolalarniki – 88% ni, piyodalarniki – 84% ni tashkil qildi, elektron assistentlar ishlashi 83% ga baholandi.

Ikkala intellektual elektromobil Green NCAPda ham yuqori reytingga ega bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, bu reyting transport vositasining havo tozaligi, energiya samaradorligi va issiqxona gazlari tashlamasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini jamlaydi. Zeekr X umumiy 96% ball, Zeekr 001 – 95% ball to‘pladi.

«Zeekr`ni xavfsizlik va ekologik tozalik bo‘yicha bunchalik yuqori ko‘rsatkichlarga ega ikki avtomobil chiqargani bilan tabriklaymiz, Yevropa elektromobillari bozorida o‘z yo‘llarini boshlar ekanlar, bu alohida ahamiyat kasb etadi. Zeekr zamonaviy avtomobillarda xavfsizlik va ekologik tozalik ajoyib tarzda o‘zaro uyg‘unlashishi mumkinligini isbotlamoqda. Xitoylik avtoishlab chiqaruvchi boshqa kompaniyalar intilishi zarur bo‘lgan standartlarni belgiladi», - dedi Euro NCAP bosh kotibi doktor Mixel van Ratingen.

Zeekr — 2021-yilda ta'sis etilgan va Geely Holding Group`ga tegishli lyuks toifasidagi elektromobillarning global brendi. Tajribali boshqaruv va to‘g‘ri ilgarilatish tufayli, brend premium toifadagi elektromobillar jahon bozorini jadal zabt etmoqda va o‘z mijozlari uchun mislsiz tajribani ta'minlamoqda. 2024-yil martdan boshlab Zeekr O‘zbekistonda rasman taqdim etilgan, iyun oxirlarida Toshkentda avtomobil brendining birinchi dilerlik markazi ochilishi bo‘lib o‘tadi.